soju

PREMIUM Uzbekistan — первые в Центральной Азии начали производство напитка Соджу.

O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi tabiiy SOJU!


   Biz sizga yangiligimizni mamnuniyat bilan taqdim etamiz!

Qabul qiling — SOJU SAYQAL!

 

   Endi O‘zbekistonda ham — dunyoni va millionlab insonlarning yuragini zabt etgan mashhur koreys ichimligi! Haqiqiy Soju — o‘zining tabiiy, sof va eksklyuziv ko‘rinishida.

    Markaziy Osiyodagi birinchi soju
Uzoq kutilgan ichimlik, siz kutgan yangilik! Bu mahsulot sifatini qadrlaydigan va koreys madaniyatiga qiziqadiganlar uchun yaratilgan. Hoziroq, shu yerning o‘zida. Koreys an’anaviy ichimlik madaniyatining to‘liq spektrini kashf etishga shoshiling!
Ba’zilar soju haqida endi eshita boshlasa, siz uni birinchi bo‘lib tatib ko‘ruvchilardan bo‘lishingiz mumkin. Do‘stlaringizni hayratda qoldiring va o‘zingizni yangi ta’m bilan xursand qiling!

   Koreys an’analariga hurmat ila
Soju — shunchaki zamonaviy trend emas, u qadimiy an’ana va ajoyib afsonalarga ega koreys madaniyatining maxsus yo‘nalishi. Buni anglab, biz ichimlikning ikki yo‘nalishini yaratdik: biri an’anaviy — yorliqlarda jasur koreys jangchilari — Hwaranglar tasvirlangan, ikkinchisi esa mashhur, zamonaviy va klassik K-POP uslubida.

   Har bir qo‘ltakda tabiiylik
Soju Sayqal hech qanday sun’iy lazzat va qo‘shimchalarsiz, faqat tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan. Shuning uchun o‘ziga xos, yoqimli va engil aromati, betakror ta’mi va yumshoq, yoqimli ortiqcha shirin bo‘lmagan ta’mi bor.

   Texnologiya va retseptura
Premium Uzbekistan kompaniyasining eksklyuziv Soju retsepti — eng zamonaviy uskunalar, noyob filtrlash texnologiyasi va xalqaro mutaxassislarning ko‘p yillik tajribasini birlashtirgan.
     
   Quyoshli yoz kunlari uchun ideal tanlov
Ichimlikni sovuq holda ichishni tavsiya qilamiz. Aynan sovutilganida, eng issiq kunlarda ham sizni tetiklashtiradi! Do‘stlaringiz davrasida yoki yolg‘iz holda, yozdan to‘liq bahra oling va bizning soju bilan rohatlaning.

    Gastronomik juftlik va kokteyllar uchun yangilik 
Eslatib o‘tamiz: soju — bu koreys va boshqa sharq oshxonalari taomlari uchun ham ideal hamroh.
   Sojuni har xil tarzda iste’mol qilish mumkin. Kimdir ichimlikning tabiiy ta’mini his qilish uchun sof holida ichsa, boshqalar uni turli xil kokteyllarda aralashtirib ko‘radi. Bemalol tajriba qilib, yangi ta’mlar uyg‘unligini kashf eting!

Чтобы продолжить, подтвердите что вам уже исполнилось 21 год