ООО Premium Uzbekistan, дегустационный конкурс «EURASIA SPIRITS DRINKS 2024»
"Premium Uzbekistan" MCHJ favorit maqomida har yili o'tkaziladigan xalqaro professional degustatsiya tanlovi «EURASIA SPIRITS DRINKS 2024» musobaqasiga qaytdi.
Premium Uzbekistan MCHJ beshinchi yubiley xalqaro professional alkogolli mahsulotlar tanlovida ishtirok etdi. Bu yil kompaniyamiz 2022 va 2023-yilgi tanlovlar g'olibi va yetakchisi sifatida qatnashdi.
Shunga muvofiq, biz oldimizga avvalgi yillarda erishgan yuqori sifat va ta’m darajasini saqlab qolish vazifasini qo‘ydik.
Tanlovda ishtirok etish uchun biz ikki namuna taqdim etdik:
Standart (o‘rtacha narxdagi) segmentda — Darmon Exclusive, 40%
Premium segmentda — FIORD, 40%
Darmon Exclusive musobaqaga o‘zining klassik, bozorda o‘z o‘rnini topgan ichimligi sifatida kirgan bo‘lsa, FIORD esa bizning yangi mahsulotimiz sifatida ilk haqiqiy sinovdan o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Darmon Exclusive va FIORD aroqlari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha maksimal mukofotlarga sazovor bo‘ldi:
"Tarmoq tanlovi 2024" nominatsiyasi diplomlari
NEW TECHNOLOGY 2024 nominatsiyasi diplomlari
ECO STYLE 2024
O‘rta va premium segmentda "ENG YAXSHI CHET ELLIK AROQLAR" 2024 nominatsiyasi diplomlari va oltin medallari
Va nihoyat, kompaniya tarixida ilk bor har ikkala aroq ham bir vaqtda eng yuqori mukofot — GRAND PRIX ni oldi
Yuqori sifat va ilg‘or texnologiyalarni joriy etgani uchun taqdirlandi.
Biz butun jamoamiz, iste’molchilarimiz, hamkorlarimiz va mijozlarimizni ushbu xalqaro muvaffaqiyat bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Biz oldinga intilamiz va sizni yangi ta’mlar hamda xalqaro darajada tasdiqlangan yuqori sifat bilan xursand qilishda davom etamiz.