«Ташкентская Пловная» aroq

Noyob retseptura rossiyalik mutaxassislar tomonidan haqiqiy o‘zbek palovi va ziravorlar distillyatlari asosida yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston gastronomik an’analarining o‘ziga xos ifodasidir.

«ТАШКЕНТСКАЯ ПЛОВНАЯ» «Ташкентская» aroqlar turkumining vakili bo‘lib, unda Sharqning o‘ziga xosligi, O‘zbekistonning boy tabiiy merosi va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari yagona sifat falsafasi asosida mujassam etilgan. Turkumning har bir turi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, ona yurt an’analariga hurmatni saqlab qoladi.

«Ташкентская» turkumi konsepsiyasining asosida O‘zbekiston tabiiy resurslarining betakrorligi mujassam. Alohida o‘rinni 200 metr chuqurlikdan olinadigan va o‘ziga xos mineral tarkibga ega artezian suvi egallaydi. Uni O‘zbekistonning unumdor vodiylarida yetishtirilgan saralangan bug‘doydan ishlab chiqarilgan «Alfa» navli etil spirti to‘ldiradi.

«Ташкентская Пловная» mahsulotining original retsepturasi rossiyalik mutaxassislar distillyatorlar va texnologlar tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosini haqiqiy o‘zbek palovi va ziravorlarni distillatsiya qilish orqali olingan aromatik spirtlar (distillyatlar) tashkil etadi. Ushbu texnologik yechim tufayli milliy taomga xos aromatik ohanglar kraf uslubidagi aroqning noodatiy talqinida mujassam etilgan.

O‘zbek palovi mehmondo‘stlik, ko‘p asrlik pazandachilik an’analari ramzi va milliy madaniyatning ajralmas qismidir. Uning madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan: o‘zbek palovini tayyorlash madaniyati va an’analari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

«Ташкентская Пловная» O‘zbekistonning gastronomik merosiga bo‘lgan hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, unda milliy pazandachilik an’analari zamonaviy distillatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan.

- Quvvati: 37,5%.

- Filtratsiya: 20 bosqich.

- Hajmi: 0,5 l / 0,7 l.

- Tarkibi: «Alfa» klassidagi rektifikatsiyalangan etil spirti, tayyorlangan artezian suvi, haqiqiy o‘zbek palovi va ziravorlarning aromatik spirtlari (distillyatlari).

Mukofotlar

Davom etish uchun 21 yoshga to‘lganingizni tasdiqlang